Maktab yangiliklari
Maktab yangiliklari
🎓 Denovda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
⚡️ Joriy yilning 10-aprel kuni Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida mehmonlarga maktabdagi zamonaviy o‘qitish tizimi va ilg‘or...
15.04.2026 | 04:41
Materialni ota-ona va o'quvchilar bilan tez ulashing.
🎓 Denovda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
⚡️ Joriy yilning 10-aprel kuni Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida mehmonlarga maktabdagi zamonaviy o‘qitish tizimi va ilg‘or metodikalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Ko‘rgazmalar tashkil etilib, maktab-internat hududi bo‘ylab qiziqarli ekskursiya uyushtirildi. Bu esa tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.
🗓 10-aprel
⏱ 09:30 dan 14:00 gacha
📍 Manzil: Denov shahri, Buyuk kelajak mahallasi, Toshkent ko‘chasi, 34-uy
(Mo‘ljal: 82-maktabdan o‘tgandan keyin)
☎️ Telefon: 77-027-60-00; 97-550-76-77
Aziz o‘quvchilar! Sizni maktab-internatimiz bilan yaqindan tanishishga chorlaymiz. Kelajakdagi muvaffaqiyatingiz sari ilk qadamni aynan shu yerda boshlang!
🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati