Maktab yangiliklari
Maktab yangiliklari
Sariosiyoda ‘Tengdosh-tengdoshga’ loyihasi doirasida tajriba almashuv uchrashuvi o‘tkazildi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Tengdosh-tengdoshga” loyihasi doirasida Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va...
27.04.2026 | 13:48
Materialni ota-ona va o'quvchilar bilan tez ulashing.
Sariosiyoda ‘Tengdosh-tengdoshga’ loyihasi doirasida tajriba almashuv uchrashuvi o‘tkazildi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Tengdosh-tengdoshga” loyihasi doirasida Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari mehmon bo‘lishdi.
📎 Tashrif davomida xalqaro IELTS, SAT kabi imtihonlarda yuqori natijalar qayd etgan o‘quvchilar o‘z tengdoshlariga bosib o‘tgan yo‘li hamda natijaga erishish jarayonlari haqida seminar tashkil qilib berishdi.
📎 Bundan tashqari, seminar turli xil aktivitilar, qiziqarli o‘yinlar, psixologik treninglar va zakovat o‘yinlari bilan davom etdi.
📎 Yakunda coffee break tashkil etilib, ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi hamda Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari tomonidan motivatsion nutqlar taqdim etildi.