Maktab yangiliklari

Agentlik rahbar kubogi’ musobaqasi ‘Renessans’da tantanali ravishda boshlandi

🏆 “Agentlik rahbar kubogi” sport musobaqasining respublika bosqichi “Renessans” oromgohida tantanali ravishda boshlandi. Yurtimizning turli hududlaridan kelgan o‘quvchi-yoshlar “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish...

27.04.2026 | 13:51
Kategoriya
Maktab yangiliklari
Ulashish
Materialni ota-ona va o'quvchilar bilan tez ulashing.
Agentlik rahbar kubogi’ musobaqasi ‘Renessans’da tantanali ravishda boshlandi
Maqola

Agentlik rahbar kubogi’ musobaqasi ‘Renessans’da tantanali ravishda boshlandi

🏆 “Agentlik rahbar kubogi” sport musobaqasining respublika bosqichi “Renessans” oromgohida tantanali ravishda boshlandi. Yurtimizning turli hududlaridan kelgan o‘quvchi-yoshlar “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yetib kelishdi. Ishtirokchilar tantanali kutib olindi va ular uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Oromgoh hududi yosh sportchilarning yuqori kayfiyati va musobaqaga bo‘lgan ishtiyoqi bilan yanada jonlandi. Tadbirda Agentlik direktori o‘rinbosari Xasan Shakirov so‘zga chiqib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga, irodali va maqsadli bo‘lishga undovchi ushbu tashabbusning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Musobaqa Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarning 8–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda: 🏐 voleybol ⚽️ mini-futbol 🏓 stol tennisi ♟ shaxmat Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda ishtirokchilar, murabbiylar va tashkilotchilar bir joyga jamlanib, musobaqaning ahamiyati, maqsadi va vazifalari haqida so‘z yuritildi. Mazkur tashabbus yoshlarni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi. Endilikda voleybol, mini-futbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha qizg‘in bahslar boshlanish arafasida. Har bir ishtirokchi g‘alaba sari intilib, o‘z hududi sha’nini himoya qiladi.