Maktab yangiliklari

Uch avlod uchrashuvi

✅ Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy qismda “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. ✅...

07.05.2026 | 12:10
Kategoriya
Maktab yangiliklari
Ulashish
Materialni ota-ona va o'quvchilar bilan tez ulashing.
Uch avlod uchrashuvi
Maqola

Uch avlod uchrashuvi

✅ Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy qismda “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. ✅ Mazkur tadbirda Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari hamda urush va mehnat faxriylari ishtirok etdilar. ✅ Uchrashuv davomida faxriylar oʻzlarining hayotiy tajribalari, Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat haqida qimmatli suhbatlar oʻtkazib, yosh avlodga ibrat boʻladigan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Oʻquvchilar esa oʻz navbatida sheʼrlar, sahna koʻrinishlari va kuy-qoʻshiqlar orqali faxriylarni eʼzozlashdi. ✅ Mazkur tadbir uch avlod vakillarini birlashtirib, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat hamda ajdodlar xotirasiga hurmat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.